Elektr plita Marixolodmash PE49J-01 | Next Step Equipment
Elektr plita Marixolodmash PE49J-01
Marixolodmash PE49J-01 elektr plitasi birinchi, ikkinchi va uchinchi taomlarni tayyorlash, shuningdek go‘sht, baliq, sabzavot yarim tayyor mahsulotlarini qovurish hamda kichik pishiriqlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Korpusi, stol yuzasi, old paneli va duxovkasi zanglamaydigan po‘latdan, konforkalari esa cho‘yandan tayyorlangan. To‘plamga listlar va zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan yon stol yuzalari kiradi.
Xususiyatlari:
Ekologik toza
Pechning yuqori va pastki TENlari quvvatini alohida sozlash mumkin
Barcha regulyatorlar old panelda joylashgan
Yuqori xavfsizlik, kuyishdan himoya
Tozalash oson
Katta konfrokalar, eng yirik qozonlarni ham joylashtirish imkonini beradi
Ishlash uchun qulay sharoit, xona haroratini atigi 4 daraja oshiradi
Balandligi sozlanadigan oyoqchalar
Yog‘och panjara (obreshyotka) va taglikda qadoqlanadi