“Pishchevye Tekhnologii” SЭP-0,45 elektr skovorodasi umumiy ovqatlanish va savdo korxonalarida turli taomlarni tayyorlash, shuningdek go‘sht, baliq va sabzavotlarni qovurish hamda dimlash uchun mo‘ljallangan.
Model chashani ko‘tarish va tushirish mexanizmi aylanuvchi tutqich (rukoyatka) yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, 320°C dan yuqori qizib ketishdan himoya qiluvchi avariya saqlagichi va balandligi sozlanadigan oyoqchalar bilan jihozlangan.
Qopqoq, bortlar, boshqaruv paneli va chasha qoplamasining old qismi zanglamaydigan po‘latdan, qolgan qismlari ruxlangan (otsinkovka) po‘latdan tayyorlangan. Karkas kvadrat kesimli quvurdan ishlab chiqarilgan va kukunli bo‘yoq bilan qoplangan, chasha esa cho‘yandan tayyorlangan.

Ishlab chiqaruvchi mamlakat
Rossiya
Chasha hajmi
85 litr
Ulanish
380 V
Quvvat
12 kVt
Chasha tubining maydoni
0,45 m²
Vazni (qadoqsiz)
198 kg
harorat rejimi
45 dan 270 °C gacha
Balandligi
840 mm
Ag‘darish
qo‘lda
Kengligi
1430 mm
