Gaz plitasi Pishchevye Texnologii PG-2-01 umumiy ovqatlanish korxonalarida turli xil taomlarni ustki idishlarda tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Model mustaqil ravishda ham, texnologik liniyalar tarkibida ham ishlatilishi mumkin.Plitaning tag qismi, tayanchi, orqa va yon qoplamalari ruxlangan po‘latdan (otsinkovka) tayyorlangan. Karkasi St3 markali kvadrat quvurdan payvandlanib, kukunli bo‘yoq bilan qoplangan. Plitaning yuqori qismi, tortma (vityajka) va boshqaruv pulti zanglamaydigan po‘latdan, panjaralari esa cho‘yandan tayyorlangan.
To‘plamga suyultirilgan va tarmoq (magistral) gaz uchun jiklerlar kiradi. Suyultirilgan gazda ishlaganda gaz bosimini pasaytiruvchi reduktorni majburiy o‘rnatish kerak.

Quvvat
7 kVt
Kengligi
415 mm
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
Rossiya
Balandligi
960 mm
Jihozlanishi
Taglik (stend)
ishchi yuzasi
seksionli (bo‘limlarga bo‘lingan)
O‘rnatish tur
polli
Konforkalar soni
2
Vazni (qadoqsiz)
38 kg
