Abat MPK-700K-01 gumbazli idish yuvish mashinasi umumiy ovqatlanish korxonalari va savdo muassasalarida qozonlar, tarelkalar, stakanlar, bokallar, oshxona anjomlari, shuningdek gastronomik idishlar (gastroyemkostlar) va pishirish patnislarini yuvish uchun mo‘ljallangan.
Model elektron boshqaruv paneli hamda mashinani gigiyenik tozalashni osonlashtiruvchi yumaloq burchakli yuvish vannasi bilan jihozlangan. Suv bilan bevosita aloqada bo‘ladigan qismlar va tashqi qoplamasi AISI 304 markali zanglamaydigan po‘latdan, purkagichlarning asosiy detallari esa AISI 321 markali kislotaga chidamli zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan.

Ishlab chiqaruvchi mamlakat
Rossiya
Yuvish sikli
80 / 140 soniya.
Kuchlanish
380 V
Vazni (qadoqsiz)
100 kg
Quvvat
10.5 kVt
Kasseta o‘lchami
500 × 500 mm.
Unumdorligi
700 dona/soat
Balandligi
1920 mm
Kengligi
725 mm
