Sovutgich stol POLAIR TM3-G (Grande seriyasi) umumiy ovqatlanish va savdo korxonalarida mahsulotlarni saqlash hamda ishchi yuzada ingredientlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Yaxlit quyma (tselnozalivnoy) korpus va eshiklar zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, bu stolning mexanik mustahkamligi, issiqlik izolyatsiyasi, germetikligi va uzoq xizmat muddatini ta’minlaydi. Stol usti tabiiy granitdan tayyorlangan, polkalar esa bo‘yalgan galvanizatsiyalangan simdan ishlangan.
Uskuna atrof-muhit harorati 43 °C gacha va havo nisbiy namligi 80% gacha bo‘lgan sharoitlarda ishlashga mo‘ljallangan.

Vazni (qadoqsiz)
145 kg
Hajmi
400 litr
harorat rejimi
-2 dan +10 °C gacha
Kengligi
1630 mm
Ishchi yuzasi
granit
Balandligi
910 mm
Eshiklar soni
3
Kuchlanish
220 V
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
Rossiya
Agregat joylashuvi
yon tomonda
