“Pishchevye texnologii” ShEJHP-3 pishirish shkafi umumiy ovqatlanish va savdo korxonalarida birinchi, ikkinchi va uchinchi taomlarni tayyorlash, shuningdek non va qandolat mahsulotlarini pishirish uchun mo‘ljallangan.
Model po‘lat korpusdan yasalgan kamera bilan jihozlangan bo‘lib, unda list (patnis)lar uchun olinadigan yo‘naltiruvchilar, pastki pishirish varag‘i (pod), yuqori va pastki TEN (isitish elementlari) bloklari, ortiqcha qizib ketishdan himoya qiluvchi avariya saqlagichi hamda balandligi sozlanadigan oyoqchalar mavjud.
Old qismi zanglamaydigan po‘latdan, pechning ichki qismi uglerodli po‘latdan, qolgan elementlari esa rux bilan qoplangan po‘latdan tayyorlangan. Kameralarning issiqlik izolyatsiyasi bazalt materiali va alyuminiy folgadan iborat.

Bir kameradagi darajalar (qavatlar) soni
4
harorat rejimi
45 dan 270 °C gacha
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
Rossiya
Vazni (qadoqsiz)
170 kg
Ulanish
380 V
Qizdirish vaqti
30 daqiqa
Quvvat
14.4 kVt
Kameralar (podlar) soni
3
Balandligi
1520 mm
Kengligi
840 mm
