Abat LG-46/25K-01 muz generatori — umumiy ovqatlanish va savdo korxonalarida kubik muz ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan uskuna.
Model ichkariga suriladigan eshik, hamda quyidagi holatlarda avtomatik o‘chirish tizimi bilan jihozlangan: kondensator sovitish suvi bo‘lmasa, freon sizib chiqsa, motor-reduktor ortiqcha yuklansa yoki muz bunkeri to‘lib qolsa. Bundan tashqari, balandligi sozlanadigan oyoqchalar mavjud.
Korpus va olinadigan qoplamasi yuqori sifatli zanglamas po‘latdan, muz konteyneri esa oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan termoform plastikdan tayyorlangan. Devorlari esa yuqori zichlikdagi penopoliuretan bilan izolyatsiya qilingan.

Balandligi
850 mm
Muz yig‘uvchi
bunkerli (bunker bilan)
Kengligi
500 mm
Sovutish
suvli
Quvvat
0.92 kVt
Kuchlanish
220 V
Muz turi
kubik muz
Bunker sig‘imi
25 kg
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
Rossiya
Vazni (qadoqsiz)
53 kg
